Toshkentda tez yordam xodimlari “zayavka” bo‘yicha kelib faqat bir bemorni ko‘rayotganiga izoh berildi
Jamiyat
−
19 iyul 2020
13695Avvalroq, Toshkentda tez tibbiy yordam xizmati brigadasi chaqiruv bo‘yicha chiqib, oiladagi bir bemorni ko‘rib. Boshqasini tekshirmay ketgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur holatga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Feruza Hamroboyeva brifing vaqtida izoh berib o‘tdi.
“Tez yordam o‘z nomi bilan tez yordam. Bitta odamga kelgan “zayavka” bo‘yicha mana shu brigadaga vaqt ajratiladi. Bu degani, brigada o‘sha bemorni ko‘rib qaytib stansiyaga ketadi, degani emas. Uning ketidan yana bir nechta chaqiruvni amalga oshirib, zoriqib kutib turgan bemorlar bor. Shuning uchun ham tez yordam vakillari bitta chaqiruv bo‘yicha bir odamni ko‘rish vakolatiga ega”, dedi Feruza Hamroboyeva.
Lekin oiladagi insonning ahvoli kritik bo‘lsa, albatta, brigada tez shoshilinch yordam ko‘rsatishga mas’ul ekanligi ta’kidlandi.
LiveBarchasi