Nega O‘zbekistonda JSST samarasiz deb topgan preparat qo‘llanilyapti?

Jamiyat

image

O‘zbekistonla bezgakka qarshi “Gidroksixloroxin” dori vositasi koronavirus bemorlarini davolash uchun foydalanilyapti. Ammo bu dori Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan koronavirus bemorlariga tavsiya qilinmagan. Negaki, dorining kasallikka qarshi ko‘rsatmalari ko‘p.

Ho‘sh, unda nega O‘zbekistonda bu dori koronavirusni davolashda foydalanilyapti? Bu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Feruza Hamroboyeva javob berdi.

“2020 yil fevral oyida fransuz olimlari yangi koronavirusga qarshi ikkita mavjud dori preparatlari: gidroksixlorin va azitromitsinning kombinatsiyasidan foydalanishning klinik tajribasi muvaffaqiyatli natijasi to‘g‘risida ma’lum qilishdi.

Fransuz olimlari gidroksixloroxin preparatini alohida va antibiotik ta’sirga ega azitromitsin bilan birga COVID-19 ni davolash uchun birinchi marta klinik tajribadan o‘tkazishdi. 

Davolashning 5-kunida barcha bemorlarda koronavirusga test tahlili manfiy natija ko‘rsatdi. Ya’ni, 5 kun ichida klinik tajribadagi barcha bemorlar koronavirusdan sog‘ayishdi.

Xitoydagi tadqiqotlar ham bezgakka qarshi dori pnevmoniya rivojlanishini to‘xtatishda, o‘pka holatini yaxshilashga va kasallik davomiyligini qisqartirishga samarali ta’sirini ko‘rsatgan. 

Tadqiqot mualliflari, koronavirusni davolash uchun har kuni 500 mg xloroxinni 10 kun davomida qabul qilish yetarliligini ta’kidlashgan”, deya izohladi Hamroboyeva.

Eslatib o‘tamiz, Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan uyida davolanayotgan bemorlar bepul dori-darmonlar yetkazib berish belgilandi.

Koronavirus kasalligidan uyida davolanayotgan bemorlarga “Gidroksixloroxin”, “Azitromitsin”, “Paratsetamol”, “Vitamin S” kabi dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni belgilangan me’yorda, bepul yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

396

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing