Veterinariyani rivojlantirish qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Faxriddin Atoyevich Boboyev Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Faxriddin Boboyev Vazirlar Mahkamasi mutaxassisi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi va boshqa bir qator mas’ul vazifalarda ishlagan.

Ma’lumot uchun, Boboyev 1964 yil 1 yanvarda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. 1984-1989 yillarda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutida mashinasozlik mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumot olgan. 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining “Davlat va jamiyat qurilishi” yo‘nalishida magistratura bosqichini tamomlagan. 2000-2004 yillarda O‘zbekiston Milliy universitetining huquqshunoslik yo‘nalishida tahsil olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qishloq xo‘jaligi vaziriga o‘rinbosar tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qishloq xo'jaligi vazirligi Faxriddin Boboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing