Bahromjon Norqobilov lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
09 dekabr 2025 10465 1 daqiqa
Bahromjon To‘rayevich Norqobilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. Bu bo‘yicha Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qarorni imzoladi.
Ma’lumot uchun, Bahromjon Norqobilov 1973 yilda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tug‘ilgan. U 2020 yil 24 yanvardan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi. 2024 yil 24 avgustda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 9 dekabr kuni qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan bir guruh soha xodimlari mukofotlandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025