Verner “Tottenxem“da qolmoqchi

Sport

image

Londonning ”Tottenxem” klubida o‘ynayotgan Timo Verner “shporlar” tarkibida qolishni istamoqda va jamoa uni to‘liq sotib olishini kutish niyatida. Bu haqda jurnalist Fabritso Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

“Bu jamoa va jamoadoshlar bilan, hozirgi uslubda va shu stadionda o‘ynash menga juda yoqadi!”, deydi futbolchi.

Qayd etish joiz, shu yil yanvar oyida “Tottenxem” safiga kelib qo‘shilgan 28 yoshli germaniyalik hujumchi jami 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 marta jamoadoshlari goliga hammuallif bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda londonliklar safida to‘p tepayotgan futbolchining transfer huquqi “Leypsig”ga tegishli. Vernerning “Transfermarkt”ga ko‘ra uning narxi 17 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Tottenxem Timo Verner

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing