“Tottenxem” va PSJ ilk bor to‘qnash kelmoqda
Sport
−
13 avgust 2387 2 daqiqa
Bugun, 13 avgust kuni futbol ixlosmandlari tarixiy bahsning guvohi bo‘ladi. UEFA Superkubogi doirasida Londonning “Tottenxem” jamoasi Parijning “Pari Sen-Jermen” (PSJ) klubi bilan kuch sinashadi. Bu ikki jamoa bundan avval hech qachon rasmiy uchrashuv o‘tkazmagan.
Superkubok – bu mavsum boshlanishidan oldin Yevropa klublari orasidagi “chempionlar chempionligi” sifatida o‘tkaziladigan bir martalik final hisoblanadi. 2024/25 mavsumda PSJ UEFA Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘ldi, “Tottenxem” esa UEFA Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘ldi. Shuning uchun ular 2025 yil 13 avgust kuni UEFA Superkubogida o‘zaro to‘qnash kelmoqda.
Aslida “Tottenxem” va PSJ guruhlari o‘zaro uchrashishgan – ammo faqat bir marotaba va bu rasmiy emas, lekin tajriba o‘yini sifatida bo‘lgan. 2017 yil 22 iyulda International Champions Cup doirasida bo‘lib o‘tgan mazkur o‘yinda “Tottenxem” 4–2 hisobida g‘alaba qozongan. Rasmiy musobaqalarda esa ular hali uchrashmagan va 2025 yildagi UEFA Superkubogi finali – bu ularning birinchi rasmiy to‘qnashuvi bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, shu yil yozda bo‘lib o‘tgan Klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati finalida Londonning boshqa bir jamoasi – “Chelsi” – aynan PSJ ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Bu natija “Tottenxem” uchun ham ruhiy turtki bo‘lishi mumkin, chunki ular shahar sharafini yana bir bor himoya qiladi.
Jahongir Boltaboyev
Live
Barchasi