Son Xyon Min “Los Anjeles” futbolchisi – Romano

Sport

image

Janubiy Koreyalik vinger Son Xyon Min AQSHning “Los Anjeles” jamoasiga o‘tadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Uning bildirishicha, tomonlar o‘rtasida og‘zaki kelishuvga erishildi. “Tottenxem” ushbu transferdan 15 million yevrodan ortiq mablag‘ ishlab oladi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda Janubiy Koreyada bo‘lib turgan Son “Tottenxem” jamoasi bilan Buyuk Britaniyaga qaytib ketmagan.  U hozirda “Los Anjeles” bilan hujjatlarning rasmiylashtirilishini kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Son Xyon Min vatanidagi “Nyukasl”ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini oldidan 10 yillik faoliyatidan so‘ng “Tottenxem ” bilan xayrlashgani xabar qilingan edi. Son ushbu davr mobaynida birgina sovrin – 2024-2025-yilgi mavsumda Yevropa ligasi egasiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tottenxem Son Xyon Min Los Anjeles

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing