Vengriyada O‘zbekiston elchixonasi ochildi

Jamiyat

image

Kecha, 27 mart kuni Vengriya poytaxti Budapeshtda O‘zbekiston elchixonasi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ochilish marosimida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov, Vengriya Tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto, Iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari, siyosiy va ishbilarmon doiralar hamda mahalliy OAV xodimlari ishtirok etgan.

Tadbirda so‘zga chiqqan Baxtiyor Saidov O‘zbekiston ochiq, pragmatik, tinchliksevar tashqi siyosat yuritayotgani, barcha davlatlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalar rivojlanib borayotgani, xususan, Vengriya bilan hamkorlikni kengaytirish O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlagan.

Uning mavqedoshi Peter Siyyarto ham O‘zbekiston elchixonasining ochilishi ikki mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarda kuzatilayotgan ijobiy o‘sish sur’atining tasdig‘i ekanini ta’kidlagan. Shuningdek, u elchixona faoliyati O‘zbekiston-Vengriya munosabatlarini kengaytirish va boyitishga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.

Elchixona ochilishi oldidan O‘zbekiston va Vengriya Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida muzokaralar ham bo‘lib o‘tgan. Unda ikki davlat o‘rtasidagi turli sohalardagi munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha madaniy meros sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi imzolangan.

Ma’lumot uchun, Vengriyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 2016 yilda ochilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston elchixona Baxtiyor Saidov Vengriya Budapesht Peter Siyyarto Marton Nad'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing