Vengriyada favqulodda holat rejimi fevralgacha uzaytirildi

Olam

image

Vengriyada koronavirusga qarshi kurashish maqsadida favqulodda holat rejimi 2021 yilning 8 fevraligacha uzaytirildi. Bu haqda G‘arb matbuotiga asoslanib xabar berilgan.

Keyingi yilning fevral oyigacha mamlakatdagi maktablar va universitetlarda o‘qish onlayn tartibda amalga oshiriladi. Tunda komendantlik soati joriy etiladi. Jamoat yig‘ilishlari taqiqlanadi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Vengriyada 157 mingdan ziyod koronavirus infeksiyasi aniqlangan, 3 ming 380 nafar bemor vafot etgan. 

Avvalroq, Turkiyada dam olish kunlari komendantlik soati joriy qilinishi haqida xabar bergandik. 

Shuningdek, Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida ham karantin choralari 2021 yilning 15 yanvariga qadar kuchaytirilgan edi.

 


Maqola muallifi

Teglar

karantin Vengriya

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing