Vengriya Rossiya gazini Slovakiyaga yetkazib beradi

Olam

image
Ukraina tranzitisiz YeI gaz bozori: 2025 yil qanday boshlandi? north_east

Ukraina tranzitisiz YeI gaz bozori: 2025 yil qanday boshlandi?

Rossiya yoqilg‘isining Ukraina orqali tranziti to‘xtatilganidan keyin Vengriya Slovakiyaga gaz yetkazib beradi. Bu haqda Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yetkazib berishni ta’minlash uchun Vengriya Turk oqimi quvuri va uning Bolgariya va Serbiyadagi shoxobchalari orqali yetkazib beriladigan gazdan foydalanishi mumkin.

“Biz Slovakiyani energiya bilan ta’minlash uchun tranzit imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga tayyormiz”, dedi janob Siyyarto Budapeshtdagi matbuot anjumanida.

U Vengriya 2024 yilda Turk oqimi orqali 7,6 milliard kub metr gaz olganini eslatdi. Shu bilan birga, quvur quvvati 8,5 milliard kub metrni tashkil etadi. Shunday qilib, vazirning ta’kidlashicha, Slovakiya foydalanishi mumkin taxminan 900 million kub metr zaxira mavjud. 

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 1 yanvar kunidan e’tiboran “Gazprom” Ukraina orqali gaz yetkazib berishni to‘xtatdi. Kompaniya 2019 yil 30 dekabrda “Gazprom” va Ukrainaning “Naftogaz” kompaniyasi o‘rtasida Rossiya gazini tashishni tashkil etish bo‘yicha imzolangan shartnoma va ikki mamlakat GTS operatorlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilish muddati tugaganini eslatdi. Ukraina Energetika vazirligiga ko‘ra, Rossiya gazining Ukraina orqali tranziti “milliy xavfsizlik manfaatlari uchun” to‘xtatilgan. “Reuters” xabariga ko‘ra, Ukraina tranzitini to‘xtatish Moldovaga eng og‘ir ta’sir qiladi. Slovakiya, Chexiya va Avstriya kabi Rossiya gazining boshqa xaridorlari muqobil yetkazib berish yo‘llarini o‘rnatgan. Vengriya Rossiya gazini Turk oqimi gaz quvuri orqali olishda davom etadi. 

Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso Rossiya gazining Ukraina orqali tranzitini to‘xtatishni Vladimir Zelenskiy tomonidan uyushtirilgan “sabotaj” deb atagandi va ukrainalik qochqinlarga yordamni kamaytirish bilan tahdid qilgandi. Ushbu tahdidga Kiyevning “Gazprom” bilan Rossiya gazini Ukraina orqali yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni uzaytirmagani sabab qilib ko‘rsatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vengriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing