Vengriya Rossiya pulini ishlatgani uchun YeIni sudga berdi

Olam

image
Ukraina Rossiyaga emas, Vengriyaga zarba berdi – Siyyarto north_east

Ukraina Rossiyaga emas, Vengriyaga zarba berdi – Siyyarto

Vengriya hukumati Yevropa Ittifoqi sudiga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga harbiy yordamni moliyalashtirish uchun foydalanish haqidagi qaror ustidan shikoyat qildi. Bu haqda kecha, 27 avgust kuni “Portfolio” xabar berdi.

Yevropa Ittifoqi Kengashi va Yevropa Tinchlik Jamg‘armasiga qarshi da’vo iyul oyida qo‘zg‘atilgan. Sud uni 25 avgust kuni ko‘rib chiqish uchun qabul qildi.

Budapesht Yevropa Ittifoqi kengashining 2024 yil may oyida qabul qilingan qaroriga qarshi chiqishga urinmoqda. Bu qaror muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Ukrainaga yordam berish uchun foydalanishga asos bo‘ldi. Xususan, Yevropa Ittifoqi hukumati Rossiya aktivlaridan olinadigan daromadlarni soliqqa tortishdan tushgan deyarli barcha tushumlarni Yevropa Tinchlik Jamg‘armasiga o‘tkazishga qaror qildi, bu jamg‘armadan YeI a’zolariga Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish xarajatlari qoplanadi. Bu yiliga 3 dan 5 milliard yevrogacha daromad olish uchun doimiy manbani ta’minlaydi.

Vengriya rasmiylari bu qaror Budapesht fikrini inobatga olmasdan, tasdiqlash tartib-qoidalarini buzgan holda qabul qilinganini da’vo qilmoqda. 

“Sud jarayoni yillar davomida cho‘zilishi mumkin va shu bilan birga, bahsli sxema bo‘yicha to‘lovlar davom etadi”, deya qayd etadi “Portfolio”.

Rossiya harbiy amaliyotlari boshlanganidan beri G‘arb davlatlarida Rossiyaning 260 milliard yevrodan ortiq aktivlari bloklangan. Aktivlarning katta qismi (taxminan 190 milliard yevro) Belgiyaning Euroclear depozitariysida saqlanadi.

Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish imkoniyatini bir necha bor muhokama qilgan, biroq bu yevro barqarorligiga ta’sir qilishidan xavotirda edi. Oxir-oqibat, Yevropa Ittifoqi muzlatilgan aktivlardan tushgan foydani Ukrainaga yordam berish uchun ishlatishga qaror qildi. 

Rossiya rasmiylari G‘arb muzlatilgan aktivlarning o‘zidan ham, ulardan olinadigan foydadan ham foydalanishiga qarshi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi Ukraina Vengriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing