Vengriya parlamenti faqat ayol va erkak jinsini tan oldi (video)
Olam
−
15 aprel
3479Kecha, 14 aprel kuni Vengriya parlamenti mamlakat konstitutsiyasiga “inson yo erkak, yo ayol” bo‘lishi haqida o‘zgartirishni kiritishni yoqlab ovoz berdi. Bu haqda “Index” xabar berdi.
“Vengriya nikoh institutini erkak va ayol o‘rtasidagi ixtiyoriy ittifoq sifatida, shuningdek, oilani millat mavjudligining asosi sifatida himoya qiladi. Oila nikohga, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarga asoslanadi. Inson yo erkak, yo ayol. Ota - erkak, ona - ayol”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, tegishli tuzatishlarni 140 nafar parlament a’zosi qo‘llab-quvvatlagan. 21 nafar deputat ularga qarshi fikr bildirgan. Shu tariqa konstitutsiyani o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan ovozlarning uchdan ikki qismi to‘plangan. Bundan tashqari, tegishli o‘zgarishlarni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban qo‘llab-quvvatlagan.
Xabarga ko‘ra, Vengriya parlamenti binosi oldida tuzatishlar bo‘yicha ovoz berish chog‘ida muxolifatning ko‘plab tarafdorlari norozilik bildirgan.
14 aprelda Vengriya Konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatishlardan biriga ko‘ra, bolalarning ruhiy va ma’naviy rivojlanishini himoya qilish yashash huquqidan tashqari barcha asosiy huquqlardan ustun bo‘lgan asosiy huquq maqomini oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatda va butun dunyoda “sog‘lom fikr inqilobi”ni e’lon qilib, AQSHda faqat ikkita jins – erkak va ayol tan olinishini aytgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


