AQSHda faqat ikki jins mavjud: erkak va ayol – Tramp

Olam

image
Zelenskiy, Rossiya, intim dipfeyklar. Tramp Kongressda nimalar haqida gapirdi? north_east

Zelenskiy, Rossiya, intim dipfeyklar. Tramp Kongressda nimalar haqida gapirdi?

AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatda va butun dunyoda “sog‘lom fikr inqilobi”ni e’lon qilib, AQSHda faqat ikkita jins – erkak va ayol tan olinishini aytdi. Bu haqda u bugun, 5 mart kuni Kongressdagi nutqida so‘z ochdi.

“Tegishli farmonni imzoladim – faqat ikki jins mavjud: erkak va ayol”, dedi Tramp.

Shuningdek, Donald Tramp Amerikada “sog‘lom fikr inqilobi”ni boshlab, u butun mamlakat bo‘ylab va butun dunyoga tarqalishini aytdi.

“Sog‘lom fikr umumiy mavzuga aylanmoqda. Biz hech qachon ortga qaytmaymiz. Hech qachon. Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz”, dedi AQSH yetakchisi.

Shuningdek, Tramp erkaklarning ayollar sport jamoalarida ishtirok etishini taqiqlashini e’lon qildi va “inqilob” butun dunyoga AQSH tufayli tarqalishini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot uchun, bundan oldin AQSHda transgenderlarning harbiy xizmatga qabul qilinishidan voz kechilgan edi, shuningdek, AQSH armiyasi harbiy xizmatchilar uchun jins o‘zgartirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi. Shu yo‘l bilan Vashington Jo Bayden siyosatiga qarshi kurashni boshladi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Bayden harakatlari irq va jins masalasini “jamiyat va shaxsiy hayotning har bir jabhasiga” singdirishga urinayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp 2028 yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada transgenderlarning ayollar musobaqalarida ishtirok etmasligini ta’minlash uchun choralar ko‘rishga va’da berib, ularning ayollar va qizlar musobaqalashadigan ta’lim muassasalaridagi sport tadbirlarida ishtirok etishini taqiqlovchi farmonni imzolagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda AQSHda ayollar o‘rtasidagi musobaqalarda minglab transgenderlar ishtirok etgan. Shuningdek, Prezident Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada g‘olib bo‘lgan ikki bokschi biologik erkak ekani gumon qilinib, ayollar o‘rtasidagi musobaqalarga qo‘yib yuborilgani haqidagi voqeani ham eslatdi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp transgender

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing