Vengriya Putinni qamamasligi aytildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Vengriyaga borsa, rasmiylar uni hibsga olmaydi. Bu haqda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban ma’muriyati rahbari Gergey Guyyash ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Vengriya Xalqaro jinoyat sudi (XJS) asoslanadigan Rim statutini imzolagan bo‘lsada, u hali mamlakat huquq tizimiga kiritilmagan. 

“Biz Vengriya qonuniga murojaat qilishimiz mumkin va unga asoslanib, Rossiya Prezidentini hibsga olmaymiz, chunki XJS nizomi Vengriyada tan olinmagan”, degan Guyyash. 

Bundan tashqari, u Vengriya hukumati Putinga qarshi chiqarilgan hibsga olish orderi bo‘yicha pozitsiyasini hali shakllantirmaganini aytgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 20 mart kuni Vengriya Yevropa Ittifoqining Putinni hibsga olish orderi bo‘yicha qo‘shma bayonotini bloklagan. Shu sababli Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel o‘z nomidan ushbu mavzu bo‘yicha bayonot berishga majbur bo‘lgan. 

21 mart kuni Vengriya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mate Patsolay bu ma’lumotni rad etdi. 

“Haqiqat shuki, Vengriya Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrelga quyidagi pozitsiyani bildirdi: Vengriya XJS qarorini e’tiborga oladi va bu haqda hech qanday izoh berishni istamaydi”, degan Vengriya TIV vakili.

Eslatib o‘tamiz, 17 mart kuni Xalqaro jinoiy sud Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Prezidentning bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin Vengriya Orban

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing