Vengriya elchisi ham O‘zbekistondagi missiyasini yakunlayapti
Jamiyat
−
21 iyul 2023
4602Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi Gyula Kovach diplomatik missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda kecha, 20 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi Ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Saidov Gyula Kovachga ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishdagi roli uchun minnatdorlik bildirgan.
“Vengriya Elchisi Gyula Kovach janoblariga mamlakatimizdagi faoliyati davomida O‘zbekiston-Vengriya ikki tomonlama munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga qo‘shgan muhim hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildirdik. Janob Elchi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlar ekan, unga kelajakda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb aygan Saidov o‘z sahifasida.
Ma’lumot uchun, Dyula Kovach 2021 yil 27 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirgan edi. U Toshkentda Vengriya elchixonasini ochgan va unga 2016-2021 yillarda rahbarlik qilgan Peter Santoning o‘rnini egallagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Serdar Berdimuhamedov Turkmanistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yazguli Mammedovni lavozimidan ozod etgan edi. Shuningdek, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Timoti Torlot diplomatik missiyasini yakunlab, uning o‘rnigaTashqi ishlar vazirligida Sharqiy O‘rta yer dengizi departamenti boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Timoti Smart tayinlangandi.
LiveBarchasi