Vengriya Bosh vaziriga miting vaqtida tuxum otildi (video)
Olam
−
13:07 1643 1 daqiqa
Vengriya Bosh vaziri Peter Madyar Solnok shahridagi mitingda nutq so‘zlayotgan vaqtida tomoshabinlar orasidan sahnaga tuxum otildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.
Qayd etilishicha, tuxum otilganidan so‘ng Bosh vazirning ortida darhol qo‘riqchilar paydo bo‘lgan va uning nutqi qisqa vaqtga to‘xtatilgan. Keyinchalik politsiya tuxum otgan erkakni qo‘lga olgan. Erkakning o‘zi Madyarga tuxum tegmaganidan afsusda ekanini va u Bosh vazirning boshini nishonga olganini aytgan.
Madyar hodisadan so‘ng tarafdorlarini hujumchiga nisbatan g‘azablanmaslikka chaqirgan. Unga ko‘ra, bunday xatti-harakatlarga borayotgan odamlar o‘zlari ishongan siyosiy jamoaning parchalanishi va ilgari berilgan va’dalarning bajarilmagani bilan yuzma-yuz kelmoqda.
Shuningdek, Madyar mitingda muxoliflarini tanqid qilib, parlamentdagi ayrim siyosatchilar haqida keskin fikrlar bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Seksard shahridagi vino festivalida ovqat olish uchun navbatda turgan vaqtida bir erkak Peter Madyarning yuziga sharob sepib yuborgan edi.
Live
Barchasi