Venesuelada samolyot qulab tushdi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
23 Oktabr 2025 5463 1 daqiqa
Venesuelaning Tachira shtatida ikki dvigatelli samolyot Paramillo aerodromidan havoga ko‘tarilish paytida qulab tushdi. Bu haqda “Conclusion” xabar berdi.
OAV ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 22 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:52 da sodir bo‘lgan. Samolyot yonib ketgani sababli ekipaj a’zolarining kimligini aniqlash murakkab bo‘lib qolgan.
Milliy xavfni boshqarish tizimiga tayanilgan holda, bortda kamida ikki kishi bo‘lgani qayd etilgan. Hodisa joyiga qutqaruvchilar yetib borib, hududni o‘rab olgan va yong‘inni o‘chirish ishlarini boshlagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan videoda samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan havoga ko‘tarilgach, yon tomonga og‘ishi kuzatiladi va u yerga qulab tushadi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga uchish vaqtida g‘ildiraklardan birining yorilishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gonkong xalqaro aeroportida yuk samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, dengizga tushib ketgandi. Samolyot Dubaydan uchib kelgan. “Flightradar24” xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, u Turkiyaning AirACT aviakompaniyasiga tegishli Boeing 747 bo‘lib, Emirates uchun yuk reysini bajarayotgan edi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, samolyot yerusti transport vositasi bilan to‘qnashgan.
Live
Barchasi