Venesuelada Maduroning tarafdorlari ommaviy namoyish o‘tkazdi

Olam

image

Kecha, 3 fevral kuni Venesuela poytaxti Karakas shahrida minglab odamlar AQSH tomonidan qo‘lga olingan prezident Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresni ozod qilish talabi bilan namoyish o‘tkazdi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

Namoyishlar AQSH kuchlari tomonidan hukumat rahbarining o‘g‘irlab ketilganiga bir oy to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan. “Gran Marcha” (Buyuk yurish) deb nomlangan tadbirda ishtirokchilar “Venesuelaga Nikolas kerak!” va “Ularni qaytaring!” kabi shiorlar yozilgan plakat va yozuvli futbolkalar bilan yurish qilgan.

Namoyishda prezidentning o‘g‘li, Milliy Assambleya a’zosi Nikolas Maduro Gerra so‘zga chiqib, AQSH harbiylarining joriy yilning 3 yanvar kungi harakatini Venesuela suverenitetiga tahdid deb atagan. Uning aytishicha, bu voqea mamlakat tarixida eng og‘riqli hodisa hisoblanadi.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, mazkur namoyish Maduro va Floresni ozod qilishni talab qilgan “global harakatlar kuni” doirasida o‘tkazilgan. Shunga o‘xshash namoyishlar dunyoning boshqa davlatlarida ham bo‘lib o‘tgan.

Ayni paytda Venesuelada vaqtinchalik prezident vazifasini bajarayotgan Delsi Rodriges AQSH bilan muzokaralar olib bormoqda. U mamlakatda islohotlar o‘tkazish, siyosiy mahbuslarni ozod qilish va iqtisodiy sohada o‘zgarishlar qilishga va’da bergan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Venesuela havo hududi yaqin vaqt ichida ochilishini ma’lum qilgandi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, u Venesuelaning vaqtincha rahbari hisoblangan Delsi Rodriges bilan telefon orqali suhbatlashgan va unga AQSH Venesuela ustidagi barcha tijoriy parvozlar uchun havo hududini ochmoqchi ekanini bildirgan.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Venesuela namoyish Maduro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing