Venesuelada harbiylar Hukumatni ag‘darishga urinyapti

Olam

image

Venesuelada kichik harbiy guruh harbiy to‘ntarish boshlashga harakat qilyapti. Bu haqda Venesuela Axborot vaziri Xorxe Rodriges Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, harbiy to‘ntarish uyushtirishga urinayotgan guruh muxolifat bilan aloqador. Hozirda Hukumat kuchlari harbiylar harakatini bostirishga urinyapti.

Avvalroq, Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo harbiylarni bosh ko‘tarib, mamlakat Prezidenti Nikolas Maduroni ag‘darib tashlashga chaqirgandi. Siyosatchi armiya uning tarafiga o‘tganini ta’kidlagandi.

Eslatib o‘tamiz, Eslatib o‘tamiz, 23 yanvar kuni Venesuelada Xuan Guaydo o‘zini vaqtincha prezident vazifasini bajaruvchi deb e’lon qildi. AQSH, Kanada va Lotin Amerikasining qator rivojlangan mamlakatlari darhol Guaydoni prezident sifatida tan oldi.

Rossiya, Belarus, Boliviya, Eron, Xitoy, Kuba, Nikaragua, Salvador va Turkiya Maduroni qo‘llab-quvvatladi. BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish inqirozni hal qilish uchun tomonlarni muloqot o‘tkazishga chaqirdi.

Shvetsiya, Daniya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Avstriya, Niderlandiya, Germaniya va Fransiya Guaydoni 4 fevral kuni tan oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Venesuela davlat to'ntarishi

Baholaganlar

56

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing