Venesuela AQSH diplomatlariga 72 soat muhlat berdi
Olam
−
12 mart 2019
4973Venesuela hukumati amerikalik diplomatlarga mamlakat hududini tark etish uchun 72 soat muhlat berdi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasa ma’lum qildi.
“AQSH diplomatik korpus xodimlari yaqin 72 soat ichida Venesueladan chiqib ketishi kerak”, degan vazir o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Xorxe Arreasaning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik diplomatlarning Venesuelada bo‘lishi mamlakat barqarorligiga tahdid soladi.
Eslatib o‘tamiz, 23 yanvar kuni Venesuelada Xuan Guaydo o‘zini vaqtincha prezident vazifasini bajaruvchi deb e’lon qildi. AQSH, Kanada va Lotin Amerikasining qator rivojlangan mamlakatlari darhol Guaydoni prezident sifatida tan oldi.
Rossiya, Belarus, Boliviya, Eron, Xitoy, Kuba, Nikaragua, Salvador va Turkiya Maduroni qo‘llab-quvvatladi. BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish inqirozni hal qilish uchun tomonlarni muloqot o‘tkazishga chaqirdi.
Shvetsiya, Daniya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Avstriya, Niderlandiya, Germaniya va Fransiya Guaydoni 4 fevral kuni tan oldi.
LiveBarchasi
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023
07 noyabr 2023