Moldovada siyosiy inqiroz. Demokratik partiya Prezident tarafdorlariga chaqiriq bilan chiqdi

Olam

image

Moldova Demokratik partiyasi (MDP) Moldova Respubliasi Sotsialistlar partiyasi (MRSP) va Acum (“Hozir”) blokini mamlakatdagi inqirozli vaziyatni muhokama qilishga chaqirdi. Bu haqda MDP rais o‘rinbosari Adrian Kandu brifing vaqtida aytib o‘tdi.

“Bizning sheriklarimiz pozitsiyasini hisobga olib, siyosiy muloqotga chaqiramiz. Bugun biz MRSP va Acum blokiga taklif yuboramiz. Yuzaga kelgan yuridik inqirozdan chiqish uchun masalaning barcha yuridik tomonlarini tinch sharoitda kelishib olish kerak”, degan Kandu.

Uning so‘zlariga qaraganda, demokratlar mazkur masalani Yevropa Ittifoqining Kashinyovdagi vakili Peter Mixalko bilan muhokama qilgan.

MRSP va Acum bloki bilan muhokamalarga MDP rais o‘rinbosari Vladimir Chebotar vakil sifatida yuboriladi.

“Konstitutsiyaviy sudning qarori qayta ko‘rib chiqilmaydi va muhokama qilinmaydi. Biz muddatidan avvalgi saylovlar inqirozdan chiqish yo‘li bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz”, degan Kandu.

Eslatib o‘tamiz, Moldova parlamenti joriy yil fevraldagi saylovdan keyin hukmron koalitsiya va hukumatni shakllantira olmadi. Ammo kecha, 8 iyun kuni parlament tarqatilib yuborish xavfini bartaraf qildi. Prezident Igor Dodonni qo‘llab-quvvatlovchi sotsialistlar Acum bloki bilan avvalgi parlament va hukumatga yetakchilik qilgan Moldova Demokratik partiyasining (MDP) qarshilik ko‘rsatishga kelishib oldi. Sotsialistlar yetakchisi Zinaida Grechaniy parlament spikeri bo‘ldi va Mayya Sandu rahbarligida hukumat shakllantirildi. Shundan so‘ng MDP hukumat vazirliklarga kirishni bloklab qo‘ydi. 

Mamlakat Konstitutsiyaviy sudi parlamentni tarqatib yuborish va yangi saylovlar vaqtini belgilash uchun bugun, 9 iyun kuni Prezident vakolatini vaqtincha Bosh vazir v.b.ga o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqardi


Maqola muallifi

Teglar

Moldova siyosiy inqiroz

Baholaganlar

9

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing