Moldovada siyosiy inqiroz o‘z yechimini topdi

Olam

image

Moldovada yuzaga kelgan siyosiy inqiroz o‘z yechimini topdi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Igor Dodon ma’lum qildi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sudning parlamentni tarqatib yuborish va muddatidan avval saylov o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini bekor qilishi siyosiy inqirozni bartaraf etishga imkon bergan.

Bugun,15 iyun kuni Konstitutsiyaviy sud yig‘ilishda parlamentni tarqatib yuborish va 6 sentyabr kuni muddatidan avval saylov o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi. KS qarori o‘z navbatida Moldovada shakllantirilgan Mayya Sendu rahbarligidagi hukumatning qonuniyligini shubha ostida qoldirgandi.

“Konstitutsiyaviy sudning joriy yil 7-9 iyundagi qarorini ko‘rib chiqib, bekor qilganini mamnuniyat bilan qarshi olaman. Moldova Respublikasida siyosiy va institutsional inqiroz kelib chiqishiga sabab bo‘lgan barcha shubhali izohlar bekor qilindi. Siyosiy va konstitutsional inqiroz bartaraf etildi”, degan Dodon Facebook`dagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Moldovada iyun oyi boshida siyosiy vaziyat keskinlashib ketdi. Sotsialistik partiya va Acum (“Hozir”) bloki murosaga kelib, uch oy kutilgan yangi hukumat shakllantirildi. Biroq, KS bu qarorlarni noqonuniy deb e’lon qildi. Bunga javoban parlament avvalgi hukmron Moldova Demokratik partiyasini sudlar orqali hokimiyatni uzurpatsiya qilishda aybladi.

KS Prezident Igor Dodon vakolatini vaqtincha vitse-prezident Pavel Filipga o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqardi. Bundan maqsad u parlamentni tarqatish va 6 sentyabr kuni yangi saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida qarorni imzolashi kerak edi. Ammo kecha, 14 iyun kuni MDP Filip hukumati o‘z xohishi bilan iste’fo berishini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Moldova Igor' Dodon siyosiy inqiroz

Baholaganlar

25

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing