Moldova Prezidenti vakolatidan mahrum qilindi

Olam

image

Moldova Prezidenti Igor Dodon Konstitutsiyaviy sudning davlat rahbari vakolatini Bosh vazir vazifasini bajaruvchi Pavel Filipga vaqtincha o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorini hokimiyatning uzurpatsiya (boshqalarning huquq va vakolatlarini kuch bilan egallab olish) qilinishi deb atadi.

“Demokratik partiya hokimiyatni qonuniy parlament ko‘pchiligi va qonuniy hukumatga tinch yo‘l bilan berishni istamayapti”, dedi Prezident.

Dodon qonuniy parlament hamda hukumat G‘arb va Sharqdagi sheriklar tomonidan ham, ko‘pchilik fuqarolar tomonidan ham tan olinganini qo‘shimcha qilgan. Shu bilan birga, Moldova rahbari aholini tinchlikni saqlash va tashviqotlarga aldanmaslikka chaqirgan. U xalqaro hamjamiyatdan hokimiyatning tinch yo‘l bilan ko‘chishida vositachi bo‘lishini so‘rashini qayd etgan. Bundan tashqari, Prezident Moldova xalqini tinch norozilik namoyishlari uyushtirishga chaqirishi mumkinligini ham inkor qilmagan.

Moldova Konstitutsiyaviy sudi parlamentni tarqatib yuborish va yangi saylovlar vaqtini belgilash uchun bugun, 9 iyun kuni Prezident vakolatini vaqtincha Bosh vazir v.b.ga o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqardi.

Moldova parlamenti joriy yil fevraldagi saylovdan keyin hukmron koalitsiya va hukumatni shakllantira olmadi. Ammo kecha, 8 iyun kuni parlament tarqatilib yuborish xavfini bartaraf qildi. Prezident Igor Dodonni qo‘llab-quvvatlovchi sotsialistlar Acum bloki bilan avvalgi parlament va hukumatga yetakchilik qilgan Moldova Demokratik partiyasining (MDP) qarshilik ko‘rsatishga kelishib oldi. Sotsialistlar yetakchisi Zinaida Grechaniy parlament spikeri bo‘ldi va Mayya Sandu rahbarligida hukumat shakllantirildi. Shundan so‘ng MDP hukumat vazirliklarga kirishni bloklab qo‘ydi. Hozirda Moldovada siyosiy vaziyat keskinlashgan va inqiroz yoqasida turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Moldova Igor' Dodon siyosiy inqiroz

Baholaganlar

21

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing