Venesuela AQSHning tajovuzi fonida BMTdan yordam so‘radi

Olam

image

Venesuela AQSHning tajovuzi fonida BMT Xavfsizlik Kengashidan yordam so‘radi. Bu haqda mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Samuel Monkada Kengash yig‘ilishida ma’lum qildi.

Venesuela tashabbusi bilan chaqirilgan yig‘ilishda Karakas AQSH tomonidan “yaqin orada qurolli hujum ehtimoli” mavjudligini bildirgan.

“Biz bugun bu yerga AQSH hukumatidan o‘zining xalqaro majburiyatlariga rioya etishni talab qilish uchun keldik”, degan Monkada yig‘ilishda.  

U BMT Xavfsizlik Kengashiga ikki davlat o‘rtasidagi vaziyatni nazorat ostida saqlash uchun uchta chorani taklif qilgan:

  • AQSHning Karib havzasida olib borayotgan harbiy harakatlariga aloqador xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid mavjudligini tan olish;
  • joylardagi vaziyatning yanada yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur choralarni ko‘rish;
  • AQSHni ham o‘z ichiga olgan holda, barcha Kengash a’zolari Venesuela suverenitetiga hurmat bilan qarashga majbur bo‘ladigan rezolyutsiya qabul qilish.

AQSHning BMTdagi vaqtinchalik vakili Jon Kelli yig‘ilishda uning mamlakati Venesuela xalqiga qarshi emasligini, u o‘zini qonuniy hukumat orqali ifoda etish huquqiga ega ekanini aytgan. U, shuningdek, AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati oldinroq ilgari surgan ayblovlarni takrorlab, Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro “giyohvand moddalar savdosiga aloqador “Quyosh karteli” terroristik tarmog‘ining rahbari ekanini, AQSH va Yevropaga nisbatan narkotrafikka javobgar”ligini bildirgan. Kellining aytishicha, Maduro ushbu kartel faoliyatini amalga oshirish uchun davlat institutlarini korrupsiyaga botirgan.

Monkada esa bu ayblovlarni “hech qanday dalilsiz ilgari surilmoqda” deb izohlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The New York Times” o‘z manbalariga tayanib, Donald Tramp Venesuela bilan barcha diplomatik aloqalarni uzishni buyurgani, bu esa narkokartellarga yoki Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroning hukumatiga qarshi ehtimoliy harbiy harakatlar uchun yo‘l ochishi haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Venesuela Donal'd Tramp BMT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing