Velosipedning so‘nggi avlodi haydovchisiz harakatlanadi
Texnologiya
−
01 avgust 2023
5203AQSHdagi Wyeyel startapi odamlarsiz harakatlanadigan elektr velosipedlarni ishlab chiqdi. Bu haqda “Hackaday” nashri xabar berdi.
Velosiped sun’iy intellekt asosida ishlaydi. U qoldirilgan joyidan egasining yoniga o‘zi keladi, shuningdek, qo‘l ishtirokisiz haydashga yordam beradi va to‘siqlarni mustaqil aylanib o‘ta oladi.
Ushbu transport vositasining rulida smartfon uchun simsiz zaryadlash funksiyasi mavjud. O‘rindiq trubkasiga reaksiya g‘ildiragi o‘rnatilgan bo‘lib,ushbu imkoniyat bilan velosiped g‘ildiraklari va dvigatelini harakatga keltira oladi. Bort kamerasi va LIDAR tizimi tufayli esa velosiped hech qanday haydovchisiz o‘zini o‘zi boshqarishi mumkin.
U hech qanday tutqichlarsiz o‘z muvozanatini saqlab tura oladi. Shuningdek, velosipedning harakatlari aks etgan videoda zamonaviy “ulov” piyodalar o‘tish joyida to‘xtab, yo‘lovchilarni o‘tkazib yuboradi, to‘sinlarni chetlab o‘tadi.
Prototiplar allaqachon tayyor, ammo ommaviy ishlab chiqarishni boshlash sanalarini hali ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Urtopia kompaniyasi suhbatlashish qobiliyatiga ega bo‘lgan elektr velosipedni taqdim etdi.
LiveBarchasi