Vaziyat jiddiy: bir kunda kasallikka chalinganlar soni 900 ga yaqinlashdi
Jamiyat
−
30 iyul 2021 7181 1 daqiqa
2021 yil 29 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 128403 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 897 kishida koronavirus va 546 kishida pnevmoniya aniqlandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 90 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 34 nafari Andijon viloyatida,
- 14 nafari Buxoro viloyatida,
- 95 nafari Jizzax viloyatida,
- 25 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 14 nafari Navoiy viloyatida,
- 41 nafari Namangan viloyatida,
- 92 nafari Samarqand viloyatida,
- 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 98 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 82 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 36 nafari Xorazm viloyatida,
- 114 nafari Toshkent viloyatida,
- 135 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 58 nafar,
- Buxoro viloyatida 14 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 30 nafar,
- Namangan viloyatida 25 nafar,
- Samarqand viloyatida 75 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 49 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 98 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 67 nafar,
- Xorazm viloyatida 49 nafar,
- Toshkent viloyatida 72 nafar,
- Toshkent shahrida 113 nafar bemor sog‘aygan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 122368 (+650) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 866 nafarni tashkil qildi.
Live
Barchasi