Vaziyat og‘ir: AQSH fuqarolaridan Ukrainani tark etishni so‘radi
Olam
−
10 Oktabr 2022
11418AQSHning Kiyevdagi elchixonasi bugun, 10 oktyabr kuni Ukraina hududida bo‘lgan mamlakat fuqarolarini qachonki xavfsiz bo‘lganda bu mamlakatni tark etishga chaqirdi.
“AQSH elchixonasi AQSH fuqarolarini o‘z joylarida boshpana topishga va xavfsiz bo‘lgan taqdirda Ukrainani shaxsiy yer usti transportidan foydalanib tark etishga chaqiradi”, deydi AQSHning Kiyevdagi elchixonasi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya bugun, 10 oktyabr kuni Kiyev, Dnepr va Ukrainaning boshqa bir qator shaharlarini kuchli raketa zarbalariga duchor qildi. Ukraina butun mamlakat bo‘ylab havo ogohlantirishini e’lon qildi. Kiyevda, shuningdek, Ukrainaning boshqa hududlarida, jumladan Dnepr viloyati, Odessa va Xarkovda ertalab bir qator portlashlar sodir bo‘ldi.
Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Rostislav Smirnovning aytishicha, kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan, 24 kishi jarohatlangan. Portlash oqibatida oltita avtomobil vayron bo‘lgan, yana 15 tasi zarar ko‘rgan. Mahalliy Telegram kanallari xabariga ko‘ra, portlashlar Ukraina xavfsizlik xizmati ma’muriyati binosi hududida, shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Volodimirska ko‘chasidagi kabinetlaridan birida sodir bo‘lgan. Kiyev metrosida qizil chiziqda poyezdlar harakati to‘xtatildi, barcha yerosti stansiyalari boshpana sifatida ishlaydi.
LiveBarchasi