“Vaziyat murakkablashishi mumkin”. Otabekov kuchaytirilgan karantin qachon e’lon qilinishini aytdi

Jamiyat

image

Oxirgi kunlarda O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq holatlar qayd etilishi yana ortgan. 14 mart holatiga ko‘ra, ushbu kasallikni yuqtirganlar soni 111 nafarga ko‘payib, 80 678 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 93 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Toshkent viloyatida, 4 nafari Andijon viloyatida, 1 nafari Buxoro viloyatida, yana 1 nafari Surxondaryo viloyatida aniqlangan. 

Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: O‘zbekistonda yana kuchaytirilgan karantin choralari joriy etiladimi? Ijtimoiy tarmoqlarda allaqachon turli ma’lumotlar tarqashni boshladi. Kuchaytirilgan karantin joriy etilishi bilan bog‘liq savollarga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari Nurmat Otabekov QALAMPIR.UZ’da bo‘lib o‘tgan Korona marafoni jonli muloqotida javob berdi. 

“Biz bir narsani yodimizdan chiqarmasligimiz kerak. Hali koronavirus O‘zbekistondan oyog‘ini uzib olgani yo‘q edi. Demak, O‘zbekistonda hali kasallik manbai bor edi. Kasallik manbai bo‘lgani, ustiga ustak aholimiz orasida ehtiyot choralari keskin kamayib, yuqish yo‘llari ochilgandan, hali yuqtirib olishi mumkin bo‘lgan aholi qatlami mavjud bo‘lgandan keyin biz bemalolgarchilikka yo‘l qo‘yishga haqqimiz yo‘q edi. Nazarimda, haddan ortiq xotirjamlikka berila boshladikki, sekin-sekin kasallik qo‘zg‘atuvchisi o‘zini namoyon qila boshladi. 
 
Sal kam uch oy kasallanish ko‘rsatkichi bir xil maromda turgan, bir kunda 30-50 nafar bemorlar aniqlangan holatni kuzatdik. Bugun tongdagi raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, oxirgi kunda qayd etilgan holatlar soni 111 tani tashkil etdi. Kecha va undan oldingi kunlarda bemorlar 86-89 nafar edi. Bundan ko‘rinib turibdiki, kasallik bor. Vaziyat murakkablashish ehtimoli yo‘q emas. Lekin bu hali juda keskin, jiddiy karantin va cheklov tadbirlariga asos bo‘ladigan raqamlar emas. Negaki, agar biz karantin va cheklov tadbirlari amal qilgan muddatlarni eslaydigan bo‘lsak, bir kunda 500-600, hatto, 900 nafargacha bemor qayd etildi.  Agar shu nuqtayi nazardan qaraydigan bo‘lsak, hozir juda keskin xavotirlanishga asos yo‘q. Shu bilan birgalikda, haddan ortiq xotirjam bo‘lishga ham asosni ko‘rmayapman”, deydi Otabekov. 


Maqola muallifi

Teglar

karantin Nurmat Otabekov

Baholaganlar

7412

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing