Vazirliklarda shtatlar soni qisqartirilishi byudjetning qancha mablag‘ini tejaydi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 25 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14 sonli farmoni imzolandi.

Avvalroq, farmon bilan vazirlik va idoralar rahbarlari o‘rinbosarlari soni 207 nafardan 144 nafargacha (-63) yoki 30 foizga qisqartirilayotgani haqida xabar berdik.

Boshqaruv va ishlab chiqarish shtat birliklari qisqartirilishi bilan dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, 703 ta avtotransport vositalari va 10 ta binolar bo‘shamoqda. 

Mazkur chora-tadbirlar natijasida:

— shtatlar sonini qisqartirish hisobiga 1,5 trillion so‘m;

— avtotransport vositalari sonini qisqartirish hisobiga (shu jumladan, yoqilg‘i-moylash, shinalarni almashtirish xarajatlari) 70 milliard so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinmoqda.

Vazirlik va idoralarda xodimlarning umumiy cheklangan soni 56 573 nafar etib belgilanmoqda. Vazirlik va idoralarning nobyudjet mablag‘laridan qo‘shimcha boshqaruv shtatlarni kiritish qat’iy taqiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

byudjet Vazirliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing