Vazirliklar qisqarsa byudjetdan 2,8 trln so‘m tejaladi – Moliya vaziri “zam”i

Jamiyat

image

Vazirliklarni qisqartirish hisobiga davlat byudjetidan 2,8 trln so‘m mablag‘ tejaladi. Bu haqda Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov Xalqaro press klubdagi chiqishida ma’lum qildi.

O‘rinbosarning aytishicha, dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra, ma’muriy islohotlarni amalga oshirish orqali davlat g‘aznasidan anchagina pul tejaladi. U pullar esa ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

• Vazirlik va idoralar shtat birligini 30 foizgacha qisqartirish hisobiga bir yilda 2,4 trl so‘m;

• tashkilot va idoralarni maqbullashtirish hisobiga bo‘shaydigan idoralarni sotishdan 300 mlrd so‘m;

• rahbar lavozimlarini qisqartirish orqali taxminan 55 ta avtomobillarni auksionda sotish hisobiga 16 mlrd so‘m;

• hududlarga xizmat safarlarini qisqartirish, joylardagi muammolarni onlayn qabul yoki virtual tashrif kabi zamonaviy texnologiyadan foydalanish orqali qariyb 17 mlrd so‘m;

• davlat boshqaruvi apparatini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarini maqbullashtirish hisobiga 22 mlrda so‘m;

• rasmiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga 18 mlrd so‘m tejalishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2023 yilning 1 yanvaridan 9 ta agentlik tugatilishi haqida xabar began edik.


Maqola muallifi

Teglar

pul moliya

Baholaganlar

218

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing