Vazirlik Toshkentda talabalar o‘rtasida yuz bergan ommaviy janjal tafsilotlarini ochiqladi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, 13 mart Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida xorijiy oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi sport musobaqasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalar janjali yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, poytaxtdagi 10 ta xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasasi jamoalari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha an’anaviy 16-Talabalar ligasi o‘tkazilgan.

Musobaqada Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti jamoasi o‘zaro bahs olib borgan. O‘yinning ikkinchi taymi tugashiga bir daqiqa qolganda to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketgan va o‘sha vaziyatda ikki futbolchi-talaba tortishib qolgan. Futbolchilarining o‘zaro tortishuviga tribunadagi muxlislar maydonga tushib qo‘shilishgan va oqibatda tortishuv kengaygan. 

Hakamlar tomonidan o‘yin to‘xtatilib, institut xavfsizlik xizmati xodimlari zudlik bilan talabalarni ajratgan va tinchlantirgan. Tortishuvda hech bir talaba tan jarohati olmagan. O‘yinchilar bir-biridan uzr so‘rab, o‘zaro kelishib olgan.

“Holat aks etgan videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamalarni keltirib chiqardi. Turli bahs-munozaralar jarayonida aslida talaba-yoshlar o‘rtasida bo‘lgan o‘zaro tortishuv mohiyatidan uzoqlashib, ommani chalg‘ituvchi noto‘g‘ri talqin, xato ma’lumotlar yuzaga keldi.

Ushbu holat tezkorlik bilan nazoratga olinib, uning kelib chiqish sabablari o‘rganildi, musobaqani o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan rahbar-xodimlar hamda ishtirokchi-talabalarning harakatiga baho berildi. 

Mazkur holatning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan mutasaddilar va talabalarga nisbatan intizomiy choralar ko‘riladi”, deyiladi vazirlik axborotida.

Avvalroq, Buxoro davlat universtetida ishlovchi o‘qituvchi talabalari bayramda unga “arzon” sovg‘a bergani uchun ularga po‘pisa qilishi ortidan ishdan olingani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

talaba janjal

Baholaganlar

975

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing