Samarqandda uy qulashi bo‘yicha yangi tafsilotlar ochiqlandi
3-sahifa
−
15 may
43275Avvalroq, Samarqanddagi mahallalardan birida kotlovan qazish jarayonida qo‘shni uy qulab tushgani hamda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgani haqida xabar bergandik. Qurilish vazirligi mazkur holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro B.I.ga tegishli bo‘lgan Samarqand ko‘chasidagi 26-uyni rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududidan qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishga Past Darg‘om tumani Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limining 2024 yil 20 yanvardagi ruxsatnomasi berilgan.
Mazkur hujjatga asosan Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan 2024 yil 2 fevralda arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilgan. “Mezana Proyekt” MCHJ tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjati Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2024 yil 4 martdagi xulosasi bilan kelishib berilgan.
“Mezana Proyekt” MCHJ ishlab chiqqan loyiha hujjati Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi Samarqand viloyati filiali tomonidan ko‘rib chiqilib, 2024 yil 26 martda ekspertiza xulosasi olingan.
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan ob’ektda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
O‘rganish jarayonida fuqaro B.I. tomonidan o‘zboshimchalik bilan “Mezana Proyekt” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan loyiha hujjatlariga amal qilmasdan, poydevor quyish uchun yer qazish ishlarini olib borganligi sababli qo‘shni xonadon poydevori ostidagi tuproqning cho‘kishi oqibatida turar joyning bir qismi qulab tushgani aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan soha vakillaridan iborat ekspertlarning o‘rganish natijalariga oid xulosasiga asosan yana qo‘shimcha ma’lumot taqdim qilinadi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi