Vazirlik magistraturaga hujjat topshirayotganlarga tavsiya berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi magistratura bosqichiga hujjat topshirayotganlarga murojaat bilan chiqdi.

Vazirlik magistraturaga hujjat topshirish jarayonida test sinovlari topshiriladigan hudud belgilanishi lozimligini eslatgan va bu borada tavsiya berdi.

“Hozirgi koronavirus pandemiyasi sharoitida respublika hududlarini “sariq” va “qizil” hududlarga o‘zgarish ehtimolligi saqlanib qolmoqda. Shu bois, talabgorlar test sinovlari topshiriladigan hudud sifatida o‘zi bugungi kunda yashab turgan hududni belgilashi tavsiya etiladi”, degan vazirlik.

Eslatib o‘tamiz, davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 1 iyulidan boshlangan. Hujjatlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirilmoqda va jarayon 30 iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Magistraturaga kirishi imtihonlari joriy yilning 3-20 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Avvalroq, 2020/2021 o‘quv yili uchun magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon magistratura

Baholaganlar

223

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing