Toshkent shahrida yana 8 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida 8 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 2 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan navbatdagi 8 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlarning 5 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Farg‘ona viloyatidan hamda 1 nafari Toshkent viloyatidan. Ulardan 7 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bir nafari Turkiyadan charter reyslar orqali kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 4 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 34 yosh bo‘lsa, eng yoshi kichigi 3 yoshda.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida shu paytga qadar 401 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 409 nafarga yetdi. Shunday qilib, bugunning o‘zida hozirgacha 59 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1271 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda koronavirus yuqtirganlar 2094 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 9 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

54

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing