Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilinadi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.

Qonun 10 bob, 50 moddadan iborat. Unda O‘zbekistonning Ijro hokimiyatining ishlash tartibi, vakolatlari va prinsiplari aks ettirilgan.

Yangi tahrirdagi qonunning eskisidan farqli jihatlaridan biri "Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega"ligi to‘g‘risidagi band chiqarib tashlanmoqda.

3-modda. Vazirlar Mahkamasining maqomi

Vazirlar Mahkamasi – O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi hisoblanib, iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga rahbarlik qilishni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamasi kollegial organ bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyatning yagona tizimiga rahbarlik qiladi.

4-modda. Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy prinsiplari

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini ta’minlash, kollegiallik, hokimiyat tarmoqlarining bo‘linishi va hamkorligi, shuningdek, ochiqlik va shaffoflik Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy prinsiplaridir.


Maqola muallifi

Teglar

qonun Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

31

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing