Vazir o‘rinbosari o‘qituvchilar maoshi qachon 1000 dollarga yetishini aytdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2024 yilga borib o‘qituvchilarning maoshini 1000 AQSH dollari ekvivalentiga yetkazish rejalashtirilyapti. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, 2018 yildan bugungacha o‘qituvchilarning maoshi 2 bosqichda oshirilgan. Avval o‘qituvchining o‘rtacha ish haqi 1,4 mln so‘m atrofida bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib, 1,5 baravarga oshirilib, 2,6 mln so‘mga yetkazildi.

“Prezidentimizning topshirig‘iga ko‘ra, o‘qituvchilarning oyligini 2024 yilgacha xalqona tilda aytganda 1000 dollarga yetkazishni mo‘ljallaganmiz va bu masalada takliflar tayyorlanmoqda. Bu bo‘yicha Moliya vazirligi bilan ham ishlaymiz.

Qaror loyihasi ishlab chiqilgach, uni albatta, jamoatchilik, xususan, o‘qituvchi-ustozlarimiz bilan muhokama qilamiz", dedi Temur Komilov.

Temur Komilovning ta’kidlashicha, o‘qituvchilarning maoshini 1000 dollarga yetkazishda ularning toifasi ham inobatga olinadi.


Maqola muallifi

Teglar

maosh o'qituvchi

Baholaganlar

521

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing