Vazir Sherzod Hidoyatov O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisi bo‘ldi
Sport
−
31 yanvar
2751Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining 2024 yil yakunlari, 2025 yilgi rejalarga bag‘ishlangan hisobot-saylov yig‘ilishida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov mamlakat og‘ir atletika federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bungacha 2012 yildan beri tashkilot rahbarligida 2024 yil yozda sog‘ligi tufayli qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri lavozimidan ozod etilgan Botir Zokirov ishlab kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, Sherzod Hidoyatov 1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan. 1998 yildan 2009 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudida maslahatchi, 2009 yildan 2018 yilgacha ko‘plab zavod va kompaniyalarda turli lavozimlarda ishlagan. 2018 yil 31 avgustda O‘zbekiston qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ish boshlagan. 2021 yil 14 yanvarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sherzod Hidoyatovni uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri etib tayinlagandi. Prezidentning 2022 yil 30 dekabrdagi qarori bilan esa Sherzod Hidoyatov O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
2024 yil 17 iyul kuni hukumatning birinchi yarim yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishida 60 yoshli Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Botir Zokirov sog‘lig‘i tufayli lavozimidan iste’foga chiqdi va uning birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 2024 yil 21 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a’zoligiga nomzodlar lavozimlariga ma’qullash to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi va farmonga ko‘ra Sherzod Saidjonovich Hidoyatov – O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri lavozimiga ko‘rsatildi.
LiveBarchasi