Daxlsiz vazir Ozodbek Nazarbekov yana reklamada suratga tushdi
Jamiyat
−
21 avgust 22863 1 daqiqa
O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xususiy universitetni reklama qildi.
“Universitetda qabullar davom etmoqda, fursatdan foydalanib barcha yoshlarimizga ushbu universitetda tahsil olishlarini tavsiya qilaman”, degan vazir reklama roligida.
Reklama videosi xususiy universitetning rasmiy sahifasiga 4 iyul kuni joylangan.
Qayd etish joizki, bu vazir Nazarbekovning birinchi marta reklamaga tushishi emas. O‘tgan yili O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ishtirokida kiyimlar do‘koni reklamasi tarqalgandi. Holat Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan o‘rganilganidan so‘ng do‘kon jarimaga tortilgan, vazir esa aybsiz deb topilgan. Qo‘mita raisi maslahatchisi Otabek Usmonov o‘shanda vazir nega aybsiz ekaniga tushuntirish berib, Nazarbekov reklamani hech qayerda tarqatmagani uchun reklamaning aylanishida rasman ishtirok etmaganini, u reklama beruvchi ham, reklama tayyorlovchi ham, reklama tarqatuvchi ham emasligini bildirgandi.
Ma’lumot uchun, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 16-moddasiga ko‘ra, reklamada tovar davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan ma’qullanganini ko‘rsatish taqiqlangan.
Live
Barchasi