Iqtisodiyot va moliya vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Biroz avval, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosarlari Erkin Rustamov va Dilshod Sultonov lavozimidan ozod etilgan edi. Bugunning o‘zida Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan qaror bilan vazirlikda lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. 

Bugungacha vazir Jamshid Qo‘chqorovning o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Ilhom Ibrohimovich Norqulov vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ahadbek Yahyobekovich Haydarov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Abdulaziz Abdulahadovich Haydarov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi direktori edi.

Otabek Rustamovich Fozilkarimov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. Shu munosabat bilan u Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Bobur Botirovich Xo‘jayev vazir o‘rinbosari etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasining bank-moliya, soliq sohalarini rivojlantirish va “xufiyona iqtisodiyot”ni qisqartirish sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etildi.

Jasur Hazratqulovich Qarshiboyev vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.

Murodbek Bekberganovich Otajonov vazirlik huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosarlari Erkin Erkamovich Rustamov hamda Dilshod Shuhratovich Sultonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan edi. Shuningdek, joriy yilning 3 avgust kuni Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tasdiqlangan edi. O‘sha kungacha vazirlikni boshqargan Sherzod Qudbiyev esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisiga aylandi


Maqola muallifi

Teglar

Jamshid Qo'chqorov o'rinbosarlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing