Vazir Inoyatovning alimentdan qarzi bormi? MIB aniqlik kiritdi
Jamiyat
−
22 dekabr 2023
24906Ijtimoiy tarmoqlarda Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning Buxoro MIBda aliment bilan bog‘liq ijro ishi mavjud bo‘lib, unga har oyda tegishli summani rejalashtirilmagan farzandi uchun to‘lab borish majburiyati yuklangani haqida xabar tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpulatov bilan bog‘landi.
Ma’lum qilinishicha, bu qarzdorlik aslida xizmat avtomashinasi haydovchisi tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzgani sababli kelib chiqqan ma’muriy jarimaga oid ijro ishi hisoblanadi.
“Byuroning Buxoro viloyat boshqarmasi va uning hududiy tuzilmalarida Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovdan aliment undirish bilan bog‘liq hujjatlar mavjud emas. Hozirda, ushbu ma’muriy jarimani undirish choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi Majburiy ijro byurosi munosabatida.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda ikki farzandiga aliment to‘lamay yurgani uchun qidiruvda bo‘lgan erkak o‘z uyining tomidan topilgandi.