Ajrashishni o‘ylamang! O‘zbekistonda aliment miqdori oshirildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi oshgani sababli rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun aliment hisoblashda qo‘llaniladigan miqdorlar ham oshdi. Bu haqda “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 140-moddasiga ko‘ra, agar aliment to‘lovchi shaxs ishlamasa yoki uning daromadini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmasa, aliment qarzi mamlakatdagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.

Majburiy ijro byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, aliment to‘lovchilarning 61 foizi ish bilan ta’minlanmagan yoki doimiy daromad manbaiga ega emas. Bu esa mazkur o‘zgarish aliment to‘lovchilarning katta qismi uchun dolzarb ekanini ko‘rsatadi.

Joriy yil 28 apreldan boshlab O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi ko‘rsatkichining 6,8 million so‘mdan oshgani sababli rasmiy daromadga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun aliment hisoblashda qo‘llaniladigan miqdorlar ham oshgan. Natijada taxminiy aliment to‘lovlari:

  • bir nafar bola uchun – 1,7 mln so‘m;
  • ikki nafar bola uchun – 2,3 mln so‘m;
  • uch va undan ortiq bola uchun – 3,4 mln so‘m atrofida hisoblanmoqda.

Qayta hisob-kitob amaldagi qonunchilik asosida avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda aliment to‘lovchilarga chetga chiqib ishlashga ruxsat berilishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

ish haqi aliment

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing