Vazir boshchiligidagi minglab odamlar Madridda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqdi (foto)
Olam
−
28 yanvar
8092Minglab namoyishchilar kecha, 27 yanvar kuni Madridda falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash va G‘azo sektoridagi genotsidni to‘xtatishni talab qilib ko‘chalarni to‘ldirdi. Bu haqda “Que Pasa media” nashri ma’lum qildi.
Namoyish Ispaniya hukumatiga Falastin tinch aholiga qarshi hujumlarni to‘xtatishda ko‘proq harakat qilish uchun bosim o‘tkazishda davom etishini so‘rab Ispaniya bo‘ylab faollarni jalb qildi.
Ispaniyaning Birlashgan chap (IU) partiyasi a’zolari, jumladan, Yoshlar va bolalar vaziri Sira Rego ham namoyishga qo‘shildi va Isroilga qarshi qurol embargosi va sanksiyalar joriy etishga chaqirdi.
O‘ta chap "Podemos" partiyasi yetakchilari esa Isroilning Falastinga qilgan hujumlarini genotsid deb atagan katta bayroq ko‘tarib chiqqan.
“Ispaniya endi Falastin davlatini tan oladi”, “To‘xtating genotsidni”, “Janubiy Afrikaga rahmat”, “Endi urush yo‘q”, “Qo‘rqoq davlatlar jim bo‘lsin” kabi shiorlar shular jumlasidan.
"Qo‘shma Shtatlar kabi g‘arb davlatlari uchun uzr yo‘q. BMT oliy sudi genotsid belgilari borligini va Isroil tinch aholini o‘ldirishni to‘xtatishi kerakligini aniq aytdi", degan "Podemos" partiyasi rahbari Ione Belarra namoyish chog‘i.
Shuningdek, Belarra Ispaniyadan Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzish va Janubiy Afrikani Xalqaro sudda qo‘llab-quvvatlash talabini qo‘ygan.
Ispaniya poytaxtida Falastin tarafdorlari ommaviy norozilik namoyishlari ketma-ket ikkinchi hafta davom etmoqda. O‘tgan hafta oxirida 60 dan ortiq shaharlar ushbu aksiyalarga qo‘shilgan.
Hukumat Isroilning harakatlarini tanqid qilgan bo‘lsa-da, u hozirgacha namoyishchilarning Tel-Aviv bilan diplomatik yoki iqtisodiy aloqalarni uzish talabini e’tiborsiz qoldirdi.
“Buning o‘rniga Ispaniya ma’muriyati tinchlik konferensiyasi doirasida mustaqil Falastin davlatini tan olish uchun boshqa G‘arb davlatlarini safarbar qilishga e’tibor qaratmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yevropaliklar Falastinni qo‘llab, Parijdan Bryusselga yo‘l olgan edi.
LiveBarchasi