Vashingtonda karantin kuchaytirilmoqda

Olam

image

AQSHning Vashington shtatida bugun, 16 noyabr kuni yarim tundan boshlab koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha yangi cheklov choralari kuchga kiritiladi. Bu haqda shtat gubernatori Jey Insli ma’lum qilgan. 

Qayd etilishicha, shtatda fitnes klublari, teatrlar va muzeylar yopiladi. Restoranlarga faqat ochiq havoda ishlashiga ruxsat beriladi. 

"Bizning shtatda pandemiya avj olmoqda. Agar pandemiya to‘xtatilmasa, u shifoxonalar va morglarni qamrab oladi. Bu esa COVID-19 ga aloqador bo‘lmagan kasalliklar bo‘yicha rejali davolanishga to‘sqinlik qiladi", degan gubernator. 

Ta’kidlanishicha, cheklov choralari kamida to‘rt hafta davom etadi.

Ma’lumot uchun, pandemiya boshlanganidan beri AQSHda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq 11 milliondan ortiq holat aniqlangan. 251 mingdan ortiq bemor vafot etgan. Ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha ham AQSH dunyoda birinchi o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS VAShINGTON

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing