Vashington Ukrainaning Amerika qurollaridan Qrimga zarba berishini ma’qulladi – OAV

Olam

image
0:00
0:00
download

Qo‘shma Shtatlar, agar Kiyev zarur deb hisoblasa, Qrimdagi zarbalar uchun Ukrainaga berilgan qurollardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda “Politico” nashriga amerikalik yuqori martabali mulozim ma’lum qildi.

Nashrning ismi sir qolishini istagan suhbatdoshiga ko‘ra, AQSH Ukrainani o‘zini himoya qilish uchun qurol-yarog‘ bilan ta’minlagan. 

“Suveren Ukraina tuprog‘ida ular ta’qib qilishga qaror qilgan har qanday nishon, o‘zini himoya qilishdir”, degpn u va qurol ishlatish uchun nishonlarni Amerika tomoni tanlamasligini qo‘shimcha qilgan.

AQSH ma’muriyati yarim orolni suveren Ukraina hududi deb hisoblaydimi, degan savolga rasmiy “Qrim – Ukraina”, deb javob bergan.

Xuddi shu fikrni AQSHning NATOdagi sobiq elchisi, Donald Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘lib ishlagan Kurt Volker ham bildirdi. 

“Qrimdagi Rossiya kuchlariga hujum qilish Kiyev atrofida, Xersonda yoki Ukraina sharqida ularga hujum qilishdan farq qilmaydi”, deydi u.

O‘z navbatida, Ukraina rasmiylari vakili Kiyev AQSHning Qrimdagi nishonlarga qarshi qurol qo‘llash bo‘yicha bunday yondashuvidan xabardor ekanligini aniq aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 16 avgust kuni Qrimning Jankoy tumanidagi Azovskoye qishlog‘idagi harbiy qismda o‘q-dorilar omborida portlash sodir bo‘ldi.

Qrim-tatar xalqi majlisi raisi Refat Chubarovning aytishicha, ruslar portlashlar epitsentridan 5 kilometr radiusdagi hududni o‘rab olgan va tinch aholini evakuatsiya qilgan.

RF Mudofaa vazirligi harbiy qismda o‘q-dorilar saqlanadigan joyda yong‘in sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Va keyinroq Rossiya tomoni sabotaj uyushtirilganini e’lon qildi.

G‘arb OAVda esa Qrimdagi portlashga Ukraina harbiylari uyushtirgan raketa zarbasi sabab bo‘lganini yozdi.

Shuningdek, 9 avgust kuni Qrimda, Novofedorovka aholi punkti hududida bir qator portlashlar sodir bo‘lgandi va Saki aerodromi hududida yong‘in chiqqandi. Portlashlar natijasida kamida 9 ta samolyot yo‘q qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

131

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing