Vardi A Seriyada oy futbolchisi deb topildi
Sport
−
17:18 726 1 daqiqa
“Kremoneze” hujumchisi Jeymi Vardi noyabr oyida A Seriyaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. 38 yoshli hujumchi 2019 yilda tashkil etilganidan beri ushbu mukofotni qo‘lga kiritgan birinchi ingliz futbolchisi aylandi. Bu haqda A Seriya rasmiy sayti xabar berdi.
Vardi ushbu sovrin uchun kurashda Mayk Menyan, Lautaro Martines, David Neres, Nikolo Zanolo va Leo Ostigardlarni ortda qoldirdi.
Ingliz hujumchisi “Kremoneze”ning noyabr oyidagi barcha to‘rtta o‘yinida 90 daqiqa to‘liq maydonda harakat qilib, klubga olti ochko to‘plashga yordam berdi. Vardi “Yuventus”ga qarshiyu o‘yinda jamoasi mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da, bitta golga mualliflik qildi. “Bolonya”ga qarshiyu 3:1 hisobidagi g‘alabada esa o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatib, ikki gol urdi.
Shu bilan birga, Vardi ushbu mavsumda A Seriyada “Kremoneze” safida gol urgan eng keksa futbolchi va klub tarixida A Seriyada gol urgan birinchi ingliz futbolchisi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, “Kremoneze” hozirda 20 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.
Elatib o‘tamiz, avvalroq Lamin Yamal La Ligada noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.