Yamal La Ligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Sport

image

“Barselona” 18 yoshli futbolchisi Lamin Yamal La Ligada noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda La Liga o‘zining rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Ovoz berish jarayonlarida Yamal Kilian Mbappe (“Real Madrid”), Antuan Grizmann (“Atletiko Madrid”), Mikel Oyarsabal (“Real Sosedad”) va Jerar Moreno (“Vilyarreal”)ni ortda qoldirib, ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning noyabr oyida Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Ispaniya La Ligasi doirasida to‘rtta o‘yin o‘tkazdi. Xans-Diter Flik shogirdlari ushbu uchrashuvlarning barchasida g‘alaba qozondi. Avvaliga jamoa “Elche”ni 3:1 hisobida, so‘ng “Selta”ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. “Atletik Bilbao”ga qarshi “Kam Nou”dagi ochilish o‘yinida esa raqib 4:0 hisobida taslim bo‘ldi. Oyning yakunida kataloniyaliklar “Alaves”ni 3:1 hisobida yengdi. Lamin Yamal ushbu uchrashuvlarda uchta gol urdi va yana uchta golli uzatma berdi.

Joriy mavsumda Lamin Yamal klub safida barcha turnirlarda 15 ta o‘yin o‘tkazib, 7 gol va 7 golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, hozirda “Barselona” jamoasi La Liga turnir jadvalida 37 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Eng yaqin ta’qibchisi “Real Madrid” esa 36 ochko bilan 2-o‘rinni egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

La Liga “Barselona” Lamin Yamal'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing