“Siti” Holandni sotiş variantini körib çiqmoqda – OAV

Sport

−

image

“Mançester Siti” Norvegiya terma jamoasi hujumçisi Erling Holandni 2027 yil yozgi transfer oynasida sotiş imkoniyatini körib çiqmoqda. Bu haqda “El Nacional” naşri xabar berdi.

Manbaga köra, mançesterliklar munosib taklif tuşgan taqdirda 26 yoşli futbolçini 175 million yevroga sotişga tayyor. Hujumçiga “Real Madrid”, “Barselona”, “Pari Sen-Jermen” va “Liverpul” klublari qiziqiş bildirmoqda.

Holandning ehtimoliy ketişiga sabab sifatida “Mançester Siti”ning moliyaviy ahvoli bilan boğliq noaniqliklar keltirilmoqda. Norvegiyalik futbolçi 2022 yilda “Borussiya Dortmund”dan 60 million yevro evaziga Mançester klubiga ötgan.

“Transfermarkt” ma’lumotlariga köra, Holandning bozor qiymati 220 million yevroga baholanmoqda. U “Barselona” vingeri Lamin Yamal bilan birgalikda dunyoning eng qimmat futbolçilari qatorida turibdi.

Ma’lumot uçun, norvegiyalik hujumçining “Mançester Siti” bilan amaldagi şartnomasi 2034 yil yozigaça amal qiladi. Avvalroq u Mançester klubiga sodiq qoliş niyatida ekanini bildirgandi. Biroq klubning quyi divizionga tuşirilişi ehtimoli uning kelajagiga ta’sir qilişi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing