Valeriy Meladze Rossiyaga 3 ming dollar to‘lashi kerak
Olam
−
16 noyabr 2023
4398Rossiyalik qo‘shiqchi Valeriy Meladzening soliq bo‘yicha qarzdorligi 3 ming dollarga yetdi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.
Bildirilishicha, xonanda bu mamlakatda konsert bermasa-da, Rossiyada joylashgan MCHJ unga millionlab pul keltirishda davom etmoqda. Shu sababli ham qo‘shiqchining Rossiya Federatsiyasi Federal soliq xizmati oldidagi qarzi 275 ming rubl (3 ming 84 AQSH dollari)ga yetdi.
Gap shundaki, u “Vantage” MCHJ asoschilaridan biri hisoblanadi. Ushbu kompaniya Moskvadagi savdo markazi Biryulyovo Vostochnoyeda joylashgan. Manbaga ko‘ra, ushbu kompaniya birgina 2022 yilning o‘zida umumiy hisobda 15 million 700 ming rubl (176 ming 54 dollar) daromad olgan.
Ma’lumot uchun, Valeriy Meladze Qrim avtonom respublikasi va Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist hamda Checheniston respublikasi xalq artistidir. U yana bir mashhur xonanada Mot bilan “Skolko let” dueti, “Sera”, “Mama, ne goryuy” kabi qo‘shiklari bilan tanilgan. 2022 yil 24 fevralda Ukrainada harbiy operatsiya boshlanganidan keyin Meladze Rossiya rasmiylarining harakatlarini keskin qoralagan va mamlakatni tark etgan. Xabarlarga ko‘ra, hozir u Italiyada yashaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yana bir taniqli rossiyalik xonanda Alla Pugacheva ham soliq to‘lamaganlikda ayblangan va Solnechnogorsk ma’muriyati tomonidan sudga da’vo kiritilgandi.
LiveBarchasi