Vaksinani kuzgacha yaratish imkoni bor – Oksford professori
Salomatlik
−
11 aprel 2020
11011Koronavirus vaksinasi sentyabr oyidayoq tayyor bo‘lishi mumkin. Bu haqda Oksford universiteti professori va yetakchi vaksinolog Sara Gilbert ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlarda vaksina bo‘yicha sinovlar keyingi ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin. Lekin hech qachon shoshmaslik kerak.
"O‘ylashimcha, bu katta natija beradi. Men bu gaplarni ushbu vaksina ustida ishlash vaqtidagi muvaffaqiyatlarga asoslanib aytyapman", deydi Sara Gilbert.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hamma ishlar joyida bo‘lib tursa, vaksinani kuzgacha yaratish imkoni bor. Ammo hech kim bunga va’da berolmaydi.
"Bu shunchaki shov-shuv emas. Biz har hafta tobora ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lmoqdamiz. Kuzgacha vaksina tayyor bo‘lish ehtimoli 80 foizga teng. Bu mening shaxsiy fikrim”, deydi professor Gilbert.
Avvalroq, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ushbu kasallikka qarshi vaksina kamida 1 yil muddatda tayyor bo‘lishini ma’lum qilgan edi. Ma’lum qilinishicha, vaksina ustida 70 dan ortiq davlat 20 ga yaqin farmasanoatning yetakchi kompaniyalari ish olib bormoqda.
LiveBarchasi