Nechta davlat koronavirus vaksinasi ustida bosh qotiryapti?

Olam

image
Vaksinani Afrikada sinab ko‘rish kerakligi jamoatchilikning g‘azabini keltirdi north_east

Vaksinani Afrikada sinab ko‘rish kerakligi jamoatchilikning g‘azabini keltirdi

Vaksinalar va koronavirusni davolash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar “aql bovar qilmaydigan tezlikda” ketmoqda. Ushbu tadqiqotlar 70 dan ortiq mamlakatda olib borilyapti. Bu haqda bugun, 8 aprel kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus ma’lum qildi.

“Virusning genomi yanvar oyining boshida o‘rganilgan va butun dunyo bo‘ylab tarqatilgan. Bu bizga testlarni ishlab chiqish va vaksina bo‘yicha tadqiqotlarni boshlash imkonini berdi”, deydi Gebreyesus.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksinani ishlab chiqish jarayonini tezlashtirish uchun 70 dan ortiq mamlakat tadqiqotlarga qo‘shilgan. Shuningdek, bunga 20 ga yaqin kompaniyalar jalb qilingan.

Vaksina ishlab chiqilgan taqdirda uni barcha mamlakatlarga adolatli taqsimlash bo‘yicha JSST tashabbusi e’lon qilinishi kutilmoqda. Shunga qaramay, vaksina sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tsa, birinchi galda koronavirusdan kasallanish darajasi yuqori bo‘lgan davlatlarga tarqatilishi taxmin qilinmoqda.

“Vaksina yoki dori tayyor bo‘lganda, biz ularni dunyo bo‘ylab adolatli ravishda yetkazishimiz kerak”, deydi JSST rahbari.

Eslatib o‘tamiz, hozirda bir qancha davlatlarda vaksinaning dastlabki sinov jarayonlari yakunlangan. Ba’zi mamlakatlarda allaqachon vaksina hayvonlarda sinab ko‘rilmoqda.

 

Maqola muallifi

Teglar

JSST Koronavirus Vaktsina

Baholaganlar

352

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing